"Sevilya" Susoni xarid qildi

20 iyul 2020, 21:50
Andalusiyaning "Sevilya" klubi "Milan"dan ijaraga olingan Susoning transfer huquqini sotib oldi.

26 yoshli yarim himoyachi bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. Marca nashri xabar berishicha, ispan klubi futbolchi uchun 21 mln evro to'lagan.

Ma'lumot uchun, mavsumning ikkinchi qismida "Sevilya" tarikibiga kelib qo'shilgan Suso 19 o'yinda maydonga tushib, 1 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca