“Sevilya” “Real”ning mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2017, 03:32
Ispaniya chempionatining 18-turida “Sevilya” o'z maydonida chempionat peshqadami “Real”ni taslim etdi-2:1.

Shu tariqa Zidan jamoasining 40 uchrashuvdan buyon davom etib kelayotgan mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yildi.

“Real” so'nggi marta o'tgan yilning aprel oyida Chempionlar ligasi doirasida “Volfsburg” jamoasidan mag'lub bo'lgandi.

Sevilya – Real Madrid 2:1 (0:0, 2:1)

Gollar: 0:1 – 67, penalti Ronaldu, 1:1 – 85, avtogol Ramos, 2:1 – 90 Yovetich.

Sevilya – Riko, Parexa, Eskudero, Mariano, Rami, Nasri, Iborra (Sarabiya, 77), Vitolo, Nzonzi, Vaskes (Yovetich, 68), Ben-Yedder (Vetto, 90).

Real Madrid –  Navas, Varan, Ramos, Nacho, Marselo, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 75), Karvaxal, Benzema, Ronaldu.

Ogohlantirish:Iborra (31), Nzonzi (42), Nasri (81), Marselo (84).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia