"Sevilya" prezidenti: "Klub N'Zonzi borasida taklif olgani yo'q"

Aslanov Jasurbek
1 avg 2018, 07:25
"Sevilya" prezidenti Joze Kastro jamoa yarim himoyachisi Stiven N'Zonzining boshqa klubga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Oldinroq, 29 yoshli fransiyalik xizmatlariga "Barselona" va "Arsenal" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

"Klub hozircha N'Zonzi borasida taklif olgani yo'q. U "Sevilya" futbolchisi va uni mavsumoldi yig'inlarda kutyapmiz" - deydi Kastro.

Eslatib o'tamiz, N'Zonzi Fransiya terma jamoasi safida Rossiyadagi jahon chempionati g'olibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia