Seten "Barselona" futbolchilariga ilk marta dam berdi

Mirjalol Normatov
26 yanv 2020, 18:37
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten LaLiga doirasida "Valensiya"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin jamoaning mashg'ulotini bekor qildi.

61 yoshli mutaxassis futbolchilariga bugun dam olishga imkoniyat yaratdi.

14 yanvar kuni Seten "Barselona" bosh murabbiyi bo'lgandi. O'shandan buyon u asosan 2 mahal mashg'ulot olib bormoqda, shuningdek, barcha dam olish kunlari ham bekor qilinayotgandi.

Umumiy hisoblagandi, "Barselona" futbolchilari 13 kun ichida 20 mashg'ulot o'tkazishdi. Endi esa futbolchilar bir kun odam olishadi.

Payshanba kuni "Barsa" Ispaniya Kubogi 1/8 finali doirasida "Leganes"ga qarshi bahs olib borishadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana