Serxio Ramos ona klubiga qaytishni rejalashtirgan

Sherzod Nurmatov
18 may 2023, 11:26
U Parijda qolmaydi.

"Todofichajes"ning xabar berishicha, Serxio Ramos PSJ bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. 37 yoshli ispaniyalik yozda erkin agentga aylanadi.

Ramosga Saudiya Arabistonidan qiziqish bo'lmoqda. Biroq Serxio katta pullardan voz kechib, vataniga qaytishi mumkin. 

Ramos – Andalusiya provinciyasidan va u 2002 yilda debyutini "Sevilya"da o'tkazgan. 2005 yilda Serxio "Real"ga yo'l olib, u yerda 16 mavsum harakat qilgan.

"Sevilya" ham Serxio Ramosni o'z jamoasida ko'rmoqchi. 37 yoshli futbolchi ona klubiga katta moliyaviy talablar qo'ymasligi aniq.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes