Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasiga qaytishi mumkin

Оқил Абдубарноев
7 sen 2023
"Sevilya" himoyachisi Serxio Ramos yaqin orada terma jamoa libosida maydonga tushishi mumkin.

"Bir yil oldin terma jamoani tark etishga qaror qildim. O'z vatanim sharafini himoya qilish men uchun nimani anglatishini barcha yaxshi biladi. Vaziyat taqozo qilsa, kelgusida nima bo'lishini kim biladi deysiz?" - dedi Serxio Ramos.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik himoyachi milliy terma jamoada maydonga tushish bo'yicha rekord qayd etgan - 180 ta uchrashuv (23 ta gol urgan). "Qizillar" tarkibida u 2010 yilgi jahon chempionati, shuningdek, Evro-2008 va Evro-2012 g'olibiga aylangan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Espana