

Bahsni asosiy daqiqalardanoq boshlagan madridliklar sardori Serxio Ramos musobaqadagi 121-o'yinida ishtirok etmoqda. U bu ko'rsatkich bo'yicha sobiq jamoadoshi Roberto Karlosni (120 o'yin) ortda qoldirdi va Chempionlar Ligasida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan himoyachiga aylandi.




