"Real" bosh murabbiyi Rafael Benites "Atletik"ka qarshi Ispaniya chempionatining beshinchi turida himoyachi Serxio Ramosni maydonga tushira olmaydi.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bahsda ishtirok eta olmasligi deyarli 100% aniq va faqat mo'jiza tufayli u maydonga tushishi mumkin. Ramos "Shaxtyor"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinida jarohat olgan edi.