Serxio Ramos 5 hafta futbol o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
6 fev 2015, 23:54
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Sevilya"ga qarshi o'yinda olgan jarohatini tekshirtirdi.
"Qirollik klubi" ustozi Karlo Anchelotti ispaniyalik futbolchi 5 haftadan so'ng safga qaytishini aytib o'tdi.

"Ramosning jarohati biz o'ylagandan jiddiy bo'lib chiqdi. U 5 hafta o'ynay olmaydi, Nacho va Varanga ishonamiz. Ular yaxshi futbolchilar, ikkalasida istak juda kuchli".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru