Serxio Aguero: Dunyodagi har qanday klub o'z safida Kevin de Bryuyne bo'lishini xohlagan bo'lardi

11 fev 2018, 23:53
“Manchester Siti” hujumchisi jamoadoshi haqida fikr bildirdi.

“Baxtimizga Kevin “Man Siti” tarkibida to'p surmoqda. U bizga gol urishimizda yordam bermoqda. Ko'plab gollarimni uning to'p oshirishidan keyin kiritayotganimdan baxtliman. U to'p oshirganda faqatgina to'pga teginish qoladi, xolos. De Bryuyne - buyuk o'yinchi. Dunyodagi har qanday klub uni o'z safida ko'rishni xohlagan bo'lar edi”, - deydi Aguero.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports