Serxi Roberto: "Messi hamda Inesta izidan borishni va doimo "Barselona"da o'ynashni istayman"

Aslanov Jasurbek
23 fev 2018, 12:49
"Barselona" bilan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirgan Serxi Roberto kelishuvni imzolash marosimidan so'ng hislarini yashirmadi.

"Messi bilan bir qanotda harakat qilayotganimdan juda xursandman. Bu o'sishimga yordam beradi. Axir Leo - dunyoning eng kuchli futbolchisiku. Messi, Buskets, Inesta, Puyol izidan borishni va doimo "Barselona"da o'ynashni istayman. Bor-yo'g'i 26 yoshdaman va bu Kataloniya klubi bilan so'nggi marta shartnoma uzaytirishim emas deb umid qilaman" - deydi Serxi Roberto.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS