Sergey Lebedev: “Mahoratli futbolchilar mezbonlar g'alabasiga munosib hissa qo'shishdi”

Khoja
15 may 2025, 10:21
O'zbekiston kubogi, “E” guruhi, 3-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “FarDU” (3:1) uchrashuvidan keyigi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lebedev qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

– Menimcha, bugungi uchrashuv barcha muxlislarga manzur bo'ldi. O'yin yaxshi kechdi. Bellashuvning 1-bo'limida bizda imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo ulardan foydalana olmadik. O'yin chiroyli tarzda kechdi. Bizga biroz omad yetishmadi. “Navbahor”ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman va jamoaga keyingi bahslarda omad yor bo'lishini tilayman. 

-  Ikkinchi bo'limda “Navbahor” tarkibida yuz bergan o'zgarishlar “FarDU”ning o'yiniga qanchalik ta’sir o'tkazdi? Boisi, jamoangiz 1-bo'limda yaxshi o'yin namoyish etdi. Ammo 2-bo'limda tashabbus to'lig'icha mezbonlar tarafiga o'tdi . . .  

– Albatta, mezbonlar tarkibida birdaniga 3 nafar asosiy tarkib futbolchilarining zaxiradan maydonga tushishlari ularning o'yinida katta rol o'ynadi. 

Ushbu o'zgarishlar maydon egalarining o'yinida burilish yasadi, shuningdek, o'zimizning xatolarimiz evaziga ham darvozamizdan to'plar o'tkazib yubordik. Mahoratli futbolchilar mezbonlar g'alabasiga munosib hissa qo'shishdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @fcnavbahor