Sergey Lebedev: "Bizda yaxshi jamoa, yaxshi kollektiv yig'ilgan"

28 avg 2026, 22:16
Proliganing 17-turi doirasidagi "G'azalkent" - "FarDU" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lebedev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Kim o'yinda bo'lib, tomosha qilgan bo'lsa, bu barchaga maqul kelgan bo'lsa kerak. Yaxshi, jangovar o'yin bo'ldi. Ilk navbatda maydonda jonini berib o'ynagan shogirdlarimga rahmat aytaman. Ular xarakter ko'rsatib, oxirigacha o'ynashdi. Bizda yaxshi jamoa, yaxshi kollektiv yig'ilgan, bu sifat o'yindan-o'yinga yaxshilanib boradi. Bizni doimo qo'llab-quvvatlab turadigan barcha muxlislarga minnatdorlik bildiraman.

1000146932.jpeg

- Katta tanaffusdan keyin "FarDU" juda zo'r o'ynamoqda. Buning sababi nimada?

- Yig'in o'tkazdik, tayyorgarlik kuchli bo'ldi. Taktik-texnik tomondan mehnat qildik. Shuningdek, eng muhim jihat bo'lgan kollektiv, biz eng yaxshilarini yig'dik. Agarda yomon kollektiv va yaxshi futbolchi yig'sangiz, natijalar bo'lmaydi. Kollektiv yaxshi bo'lsa, natija ham bo'ladi.

- Universitet jamoalarida moliyaviy tomondan muammolar borligi ma'lum bo'lmoqda. "FarDU"da bunday muammo yo'qmi?

- Bizda yo'q. Viloyat, universitet va klub rahbarlariga rahmat aytamiz. Ular bizni yaxshigina qo'llab-quvvatlamoqda.

Shuni aytib o'tmoqchimanki, biz g'alabani Farg'ona Davlat Universiteti rektoriga bag'ishlaymiz va bizni qo'llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildiramiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia