Sergey Kovshov: "Agamurodovni tug'ilgan kuni bilan tabriklayman"

Narzulla Saydullayev
19 avg 2016
"Buxoro" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng mehmonlar katta murabbiyi Sergey Kovshov o'z fikrlarini bildirdi.
"Buxoro xalqini bugungi chiroyli g'alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuvdagi ikkinchi goldan so'ng futbolchilarimiz sinib qolishdi. Bo'limlar oralig'ida biz futbolchilarimizni ruhlantirishga va hali hech nima yo'qotilmaganini uqtirishga harakat qildik. Ozmi-ko'pmi bu o'z ta’sirini o'tkazdi va yigitlar oxirigacha kurashishdi. "Buxoro" taklif etgan legioneri ancha makul buldi, ancha harakatchan yigit ekan, gol ham urishga muvaffaq bo'ldi.

Kecha o'z tug'ilgan kunini nishonlagan Tachmurod Agamurodovni tabriklayman", - deydi Kovshov.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia