
"G'alaba qozondik. Fikrimcha, himoyada chempionatimizdagi eng tartibli va kuchli o'yin ko'rsatadigan jamoaga qarshi o'ynadik.
Uchta vaziyat bo'ldi. 3:0 hisobida ham yutishimiz mumkin edi. Futbolchilarimizning ko'pi yig'inga ketgan. Yigitlar ham qiyin o'yin bo'lishini kutishgan edi.
Nima uchun zarbalar kam bo'ldi?
Raqib jamoaning o'yin uslubiga qarab o'yin ko'rsatamiz. Qo'limizdan kelganicha o'ynadik. Vaziyatga qarab harakat qildik.
To'raev nima uchun ko'rinmayapti?
Chunki Zuhurov bir necha o'yindan beri "nol"ga o'ynamoqda. To'raevning ham biroz jarohati bor edi. Agar Murod shunday o'ynashda davom etsa u asosiy posbon bo'ladi.
Aziz To'xtamurodov