Sergeev 1428 kun o'tib, o'zbekistonlik muxlislar uzoq kutgan ishni amalga oshirdi

Eldor Akmurzayev
10 okt 2019, 21:50
JCH-2022 saralashining 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston hamda Yaman bahsida Vadim Abramov shogirdlari yirik g'alabaga (5:0) erishdi.

Zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeev uchrashuvning 90+1 daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol etdi. Shu tariqa, 26 yoshli hujumchi 1428 kun o'tib, terma jamoa safidagi rasmiy o'yinda gol urishga erishdi. 

Sergeevning oxirgi aniq zarbasi esa JCH-2018 2-kvalifikaciya raundi doirasidagi KXDR qarshi o'yinga (3:1) to'g'ri keladi. Ushbu bahs 2015-yilning 12-noyabrida bo'lib o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia