"Qizilqum" serbiyalik murabbiy bilan 1 yillik shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
18 dek 2024, 13:05
Navoiy jamoasini yangi mavsumda sobiq murabbiy boshqaradi.

Klub 2022 yil "Qizilqum" bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan Nikola Lazarevich bilan kelishuvga erishdi. Tomonlar 1 yillik shartnoma imzoladi. Serbiyalik mutaxassis ayni paytda Navoiyda bo'lib turibdi. Bu haqida saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov xabar bermoqda. 

Lazarevichning so'nggi ish joyi Dushanbening "Istiqlol" jamoasi bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia