Serbiya. Husniddin G'ofurov ketma-ket ikkita o'yinda gol urdi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2016, 19:30
Bugun Serbiya Superligasida 17-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Husniddin G'ofurov to'p tepayotgan "Yavor" klubi "Novi Pazar" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. "Yavor" safida birinchi golni Husniddin G'ofurov urdi. Shunday qilib hamyurtimiz ketma-ket ikkinchi o'yinda ham to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. O'tgan turda G'ofurovning yagona goli "Radnik Surdulica"ning mag'lubiyatini taminlab bergan edi.

"Yavor" 23 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda. Klub navbatdagi bahsni 30 noyabr kuni o'z uyida "Bachka Balanka" klubiga qarshi o'tkazadi.


Serbiya Superligasi. Musobaqa jadvali

"Novi Pazar" - "Yavor" - 1:2
Gollar:
Alivodich 12 - Husniddin G'ofurov 47, Cvetkovchi 74 penalti

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia