Ser Jim Retkliff MYUni sotib olish uchun taklif bilan chiqdi

18 fev 2023, 14:50
Buyuk Britaniyaning eng boy odami qatarlik shayxdan keyin "Manchester Yunayted"ni xarid qilish bo'yicha taklifini yubordi.

Milliarder Jim Retkliff qatarlik shayx Jasim bin Hamid Al Taniydan keyin klubni sotib olish bo'yicha o'z taklifini ilgari surgan navbatdagi rasmiy tomonga aylandi.

Xuddi Qatar shayxi singari Retkliff ham Gleyzerlar oilasiga "Manchester Yunayted"ga to'liq egalik qilish istagini bildirgan. Hozircha uning taklifi yakuniy miqdori qancha ekani haqida aniq ma'lumot yo'q.

"Qizil iblislar" muxlisi bo'lgan Retkliff avvalroq 2022 yilning bahorida "Chelsi"ni sotib olish bo'yicha taklifini yuborgandi. Biroq u kech qolgani bois London klubi uchun kurasha olmadi. Ushbu yozda esa milliarder birinchilardan bo'lib MYUni sotib olishga qiziqish bildirgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic