Ser Aleks Old Traffordga qaytmaydimi?

Narzulla Saydullayev
16 avg 2013
The Mirror ning xabar berishicha ser Aleks David Moyesga xalaqit qilmaslik uchun o'zining ishchi xonasini “Old Trafford” tashqarisida yoki “Karrington” bazasiga joylashtirishni rejalashtirmoqda ekan.
Fergyusson “Manchester Yunayted”dagi ishiga taxminan bir oydan keyin qaytadi. Bu paytda u sonini operaciya qildiradi va tiklanish kurslarini o'taydi. U jamoada direktorlik vazifasini egallaydi va jamoaning elchisi ham bo'ladi. Biroq ser Aleks o'z xonasini “Yunayted”dan tashqariga joylashtirishni rejalashtirmoqchi, bu bilan u jamoani yangi murabbiyini bosimdan xalos etmoqchi.

Nashriyotning xabar berishicha ser Aleks bu bilan ser Met Basbi ketgan vaqtdagi vaziyat takrorlanmasligini xohlamoqda. O'shanda ser Met Basbi ham iste'fodan keyin direktorlik vazifasini egallagandi, biroq o'z ishtiroki bilan yangi murabbiy Uilf MakGinnesning hayotini jiddiy ahvolga solib qo'ygandi va oxiri yana o'zi murabbiylikka qaytgandi.

Fergyusson Moyes bilan o'rtadagi masofani ushlab turishni rejalashtirmoqda va o'z xonasini Cheshirdagi o'g'li Jeysonning ofisiga joylashtirmoqchi. Ser Aleks yangi murabbiyga yordam kerak bo'lib qolsa qo'lidan kelgancha yordam bermoqchi faqat Moyesning o'zi undan yordam so'rasa.

Javlonbek Yusupov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manunited.uz