Ser Aleks Fergyuson - shifokorlarning muhimligi haqida: "Ikki yil oldin ular mening hayotimni qutqarib qolishgan"

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 13:41
"Manchester Yunayted" va futbol tarixidagi afsonaviy murabbiylardan biri Ser Aleks Fergyuson 2018 yili miyasiga qon quyilgan davri qanday o'tganini esladi.

"Odamlar shifokorlarning qanchalik darajada muhim ekanligini tushunib yetishayotganidan xursandman. 2 yil oldin mening hayotimni qutqarib qolishganida shifokorlarning biz uchun kerakli inson ekanligini his qilganman. Britaniyada koronavirusga qarshi kurashish yaxshi ketyapti, odamlar ham bir maqsad yo'lida birlashishgan. Bu ajoyib!", - dedi Fergyuson.

Ser Aleks 1986-2013 yillar davomida "Yunayted" bilan 38 sovringa ega chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian