"Sepaxon" OCHLda neytral maydonda o'ynashni istamayapti

Aslanov Jasurbek
16 fev 2016, 17:43
Eron chempioni "Sepaxon" agar o'z maydonida o'yinlarni o'tkaza olmasa Osiyo Chempionlar ligasini tark etish haqida o'ylamoqda.

Oldinroq Saudiya Arabistoni OFKdan Eron jamoalariga qarshi uchrashuvlar neytral maydonda bo'lib o'tishini so'ragan edi.

"Bu muammo bizning foydamizga hal bo'ladi deb o'ylayman, ammo agar neytral maydonda o'ynashni buyurishsa turnirdan chiqib ketmoqchimiz" - deydi "Sepaxon" menejeri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters