"Seongnam" Koreya FA kubogi finaliga chiqdi

Narzulla Saydullayev
23 okt 2014, 12:05
Kecha Janubiy Koreya Futbol Assotsiatsiyasi kubogi yarim final bahslari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepayotgan "Seongnam" klubi safarda "Chonbuk Motors"ga qarshi maydonga tushdi. Bahsning asosiy va qo'shimcha vaqti 0:0 hisobida tugadi. Penaltilar seriyasida omad "Seongnam"ga kulib boqdi. 

Klub keyingi o'yinni 26 oktyabr kuni endi K-Liga doirasida "Chonbuk Motors"ga qarshi o'tkazadi.

"Chonbuk Motors" - "Seongnam" 0:0 (penaltilar seriyasi: 4:5)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia