Sen-Maksimen "Nyukasl"ni tark etish arafasida turibdi

3 mar 2020, 22:57
"Nyukasl Yunayted" yarim himoyachisi Allan Sen-Maksimen tez orada o'z jamoasini o'zgartirishi kutilmoqda.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, 22 yoshli vingerning "Nyukasl"dagi kelajagi jamoa ustozi Stiv Bryus bilan ziddiyatga borganidan keyin shubha ostida qolgan. Eslatib o'tamiz, Sen-Maksimenning sog'lig'ida hech qanday muammo bo'lmasa ham, dam olish kuni o'tkazilgan "Byornli"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmadi. 

Ma'lumot uchun, fransiyalik futbolchi Angliya chempionatining joriy mavsumida 17 o'yinda maydonga tushib, 1ta to'p kiritgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail