"Selta"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Elche" bosh murabbiyi klubdan ketishga qaror qildi

Alisher
13 fev 2021, 10:14
"Elche" bosh murabbiyi Xorxe Almiron klubni tark etdi.

Mutaxassis buni Ispaniya chempionati 23-tur doirasidagi "Selta" (1:3)ga qarshi o'yindan so'ng ma'lum qildi.

49 yoshli argentinalik ispan klubini o'tgan yilning avgust oyidan beri boshqarib kelayotgandi. Uning qo'l ostida jamoa 24ta o'yinda 5ta g'alaba, 9ta durang va 10ta mag'lubiyat qayd etdi.

"Elche" esa La Ligada 19-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Cadena SER