Bir kishi kam bo'lib qolgan “Al Nassr” "Selta"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Alisher
18 iyul 2023, 07:25
"Al Nassr" Portugaliyadagi yig'ini davomida "Selta"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida Saudiya jamoasi bir qator yaxshi hujumlar tashkil qildi. Biroq uchrashuvning 52-daqiqasida Abdulel Al-Amri maydondan chetlatildi va bahs tizgini ispaniyaliklarga o'tib ketdi. Shundan so'ng Selta jamoasi raqiblarining darvozasiga javobsiz beshta gol urishga erishdilar .

O'rtoqlik uchrashuvi, Faru, Portugaliya 

Selta - Al Nassr 5:0 

Gollar: 1:0 – Alonso (57), 2:0 – Rodriges (62), 3:0 – Rodriges (71), 4:0 – Larsen (73), 5:0 – Larsen (75). 

Al Nassr: Navaf, Sultan, Lajami, Alamri, Konan, Al-Xaybari, Brozovich (Madu, 54), Garib, Xalid, Taliska, Ronaldu (Adam, 48). 

Selta (1-bo'lim): Ivan, Kevin, Karlos, Aydu, Fontan, Beltran, Sotelo, Luka, Karles, Aspas, Pasiensiya. 

Selta (2-bo'lim): Ruben, Mingesa, Unai, Gael, Karreyra, Rodriges, Baesa, Tapia, Servi, Svedberg, Larsen.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.ru