

"Qaldirg'ochlar"ning g'alabasi bilan yakunlangan bellashuvda e'tiborga molik bir nechta natijalar yangilandi, ko'rsatkichlar o'zgardi. Quyida shu haqida gap boradi.
- "Bunyodkor"ning OKMK bilan o'yinlardagi 4 yillik g'alabasiz seriyasi o'z nihoyasiga etdi. Jamoa so'nggi bor 2019 yilning aperl oyida Superliga doirasida "konchilar"dan uch ochko tortib olgandi (1:0). Hisobdan kelib chiqib aytsak, 2020 yil Mirjalol Qosimov shogirdlari "Bunyodkor"ni uyida 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan, golni ham so'nggi daqiqalarda urgan edi.

- "Bunyodkor" bugun raqibi darvozasiga 3ta to'p kiritishni uddasidan chiqdi. Bunday holat oxirgi marotaba 2016 yilgi mavsumda kuzatilgan, o'shanda chempionat birinchi davrasida "qaldirg'ochlar" olmaliqliklar darvozasiga 4ta gol urgan, yakunda 4:2 hisobi qayd etilgan.

- Umid Sultonov ketma-ket ikkinchi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib foydali harakat amalga oshirdi. "So'g'diyona" bilan birinchi turda gol urdi, bugun esa uchinchi golga assistentlik qildi. U 2003 yilda tug'ilgan. Xuddi shunday Igor Ivanovich o'tgan tur assist, bu turda gol yozdirib qo'ydi.

- Shohruh Abdurahmonov, Igor Ivanovich "Bunyodkor", Irakli Ruhadze OKMK libosida debyut gollarini urishdi.

- "Bunyodkor" "Paxtakor" stadionidagi o'yinlarda ikkinchi yil 3ta gol urib g'alaba qozondi ("Paxtakor" - "Bunyodkor" 2:3).
- OKMK 2 yildan so'ng mezbon maqomida uyda darvozasidan 3ta to'p olib chiqdi (18.03.2021, "Paxtakor" 0:3).

- Shohruh Gadoev OKMK libosida urgan gollari soni 11taga etdi. Buning uchun unga 65ta uchrashuv zarur bo'ldi.
- OKMK qishda tarkibga qo'shib olgan tunislik legioner Mohammad Salemni 2ta turda ham qaydnomaga kiritmadi. Katta ehtimol bilan bu transfer o'zini oqlamagan. Balki oldindagi uchrashuvlarda vaziyat o'zgarar.



