

Iyul oyida u Bursaspor bilan shartnomani bekor qilgandi, shundan keyin posbon o'ziga yangi jamoa topa olmadi.
Frey A seriyada bir qator klublarda o'ynagan. U Parmada 4, Fiorentinada 6, Jenoada 2 mavsum faoliyat olib borgan.
Darvozabon Fransiya terma jamoasi safida 2ta o'yin o'tkazgan. Parma safida Frey Italiya kubogini qo'lga kiritgan.



