Sebalos: "Real" cho'qqiga qaytadi"

Aslanov Jasurbek
1 apr 2019, 12:21
"Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos "Ueska"ga qarshi LaLiganing 29-tur uchrashuvi (3:2) haqida fikr bildirdi.

"Santyago Bernabeu"da gol urishga muvaffaq bo'ldim. Kecha oilamga agar maydonga tushsam, gol urishga imkonim bo'lishin aytgan edim.

Murabbiyimiz har birimizda imkon bo'lishini aytgan edi. Isko va boshqa futbolchilar o'zini maydonda ko'rsatishni boshlashdi.

"Real" yana cho'qqiga qaytadi.

Kelajagim borasida bir to'xtamga kelganman. "Real" bilan g'alaba qozonishni orzu qilaman. Bu maqsadni amalga oshirish uchun har kuni kurashaman" - deydi Sebalos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito