Sebalos Edegorning "Real"dagi kelajagi haqida gapirdi

Alisher
21 yanv 2021
Londonning "Arsenal" klubi xavbeki Dani Sebalos "Real"ning iqtidorli yarim himoyachisi Martin Edegor haqida gapirdi.

"Yoshlarga muntazam ravishda o'yin amaliyoti kerak. Edegorning faoliyati nima bo'lishini bilmadimu, ammo "Real"da muvaffaqiyat qozonmoqchi bo'lgan futbolchi unga berilgan imkoniyatdan foydalanishi kerak", - deydi Sebalos.

Oldinroq xabar berilganidek, "Arsenal" Edegorni ijaraga olmoqchi. "To'pchilar" Martinni joriy mavsumga qadar ijaraga olishmoqchi.

Norvegiyalik futbolchi joriy mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal