Saviola: "Barselona"ga qarshi bahsda "River Pleyt" to'pga egalik qilishi lozim"

Aslanov Jasurbek
14 dek 2015, 15:18
"Barselona" va "Real" sobiq hujumchisi, hozirda "River Pleyt" sharafini himoya qilayotgan Xaver Saviola klublar o'rtasidagi jahon chempionatining finalida Kataloniya klubiga qarshi o'ynashni tahmin qilmoqda.

"River Pleyt" bu bahsda o'z uslubida o'ynashi kerak: To'pga egalik qilish, o'yinni iloji boricha o'z darvozamizdan uzoqqa joylashtirish va e'tiborli bo'lish. Aql bilan o'ynab, raqibga bo'sh zonalar taqdim etmaslik lozim" - deydi Saviola.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida 17 dekabr kuni "Barselona" "Guanchjou Evergrand"ga, "River Pleyt" esa "Xirosima"ga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport