Savichning agenti: “Yuventus” bilan muzokara o'tkazganmiz”

Eldor Akmurzayev
9 iyun 2020
“Atletiko” himoyachisi Stefan Savichning agenti “Yuve” bilan muzokaralar o'tkazilganini tasdiqladi.

Futbolchi faoliyatini Turin superklubi safida davom ettirishi mumkinligi haqda xabar bergandik.

“Ancha oldin “Yuventus” vakillari bilan suhbatlashgandim, ammo aniq bir narsaga erisha olmadik. Hozircha uning kyetishi taxmin, oddiy mish-mishlardir. Stefanning 2023 yilgacha shartnomasi bor. U “Atletiko”da juda baxtiyor”, deydi agent.

Avvalroq, Savichning “Monako”, “Tottenxem” va “Man Siti”ga o'tishi bilan bog'liq xabarlar ham tarqalgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Razon