Sautgeyt: "Vengriya himoyasini yorib o'tish oson emas"

Mirjalol Normatov
5 iyun 2022, 17:50
Millatlar ligasi 1-turida Vengriya termasidan uchralgan mag'lubiyatdan keyin Angliya termasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin qiyin bo'lishini bilgandik. Dunyoning boshqa katta termalari ham Vengriyada o'ynashga qiynaladi. Ularning himoyasini yorib o'tish juda qiyin. Harakatlarimizga sovuqqonlik yetishmadi. Bugun havo juda issiq edi, shuningdek, uzoq mavsumdan keyin futbolchilarda toliqish bor. Undan tashqari, ular 3 oydirki birga o'ynashgani yo'q. Yarim yilda 3tagina o'yin juda kam.

Ha, biroz kayfiyat tushdi. Angliya jahon chempionatining hal qiluvchi o'yiniga yetib borishi uchun bunday o'yinlarda yutishi shart", - dedi Sautgeyt.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports