Sautgeyt Keynning jarohati haqida nimalar dedi?

Sherzod Nurmatov
22 noya 2022, 11:00
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt jamoa sardori Harri Keynning sog'lig'i haqida ma'lumot berdi.

"Menimcha, Harri bilan hammasi joyida. Bu juda qo'pol chalish edi, lekin u o'ynashda davom etdi. Biz uni almashtirdik, chunki buni vaqti keldi deb o'yladik", – dedi Sautgeyt.

Harri Keyn Eron bilan o'yinda (6:2) gol ura olmadi, ammo 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U ikkinchi taym boshida oyog'idan og'riqli zarba qabul qilib oldi, ammo 75-daqiqagacha o'ynadi va Kallum Uilson bilan almashtirildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror