"Sautgempton" Tadich bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
12 avg 2016
"Sautgempton" jamoa yarim himoyachisi Dushan Tadich bilan shartnomani uzaytirdi.

27 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv to'rt mavsumga mo'ljallangan.

"Juda xursandman. Men jamoada ikki ajoyib mavsum o'tkazdim va muxlislar hamda klubning har bir hodimi bilan munosabatim juda yaxshi. Yangi kelishuvni imzolash yoqimli. Boshqa variantlar ham bor edi, ammo "Sautgempton"da qolish men uchun to'g'ri qaror bo'ladi deb o'yladim. Ishonch uchun rahbariyatdan minnatdorman" - deydi Dushan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com