"Sautgempton" - "Lester" uchrashuvi Osiyo qitasi uchun o'zgacha ahamiyat kasb etdi
Narzulla Saydullayev
14 dek 2017, 09:43
Kecha APL 17-turidan o'rin olgan "Sautgempton" - "Lester" o'yini bo'lib o'tdi.
Ushbu o'yinda "Lester" 4:1 hisobida g'olib chiqdi. Mezbonlar safida yaponiyalik Maya Yoshida, mehmonlar safida yaponiyalik Shinji Okazaki gol urishdi. Shu tariqa, APL tarixida ilk bor bitta uchrashuvda osiyolik ikki futbolchi gol urishga erishdi.