"Sautgempton" hujumchisining qovurg'asi sindi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2015, 18:00
"Sautgempton" klubi hujumchisi Sheyn Long qovurg'asini sindirib oldi.
Long Angliya kubogi doirasidagi "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda maydonga tushib atiga 20 daqiqa harakat qila oldi xolos. Irlandiyalik futbolchi raqib o'yinchisi Joel Uord bilan to'qnashib ketdi.

Long darhol shifoxonaga olib ketildi. Endi u jarohat olgan Tobi Alderveyreld, Morgan Shnayderlen va Viktor Vanyama bilan birga davolanadi.

"Shifokor bilan gaplashdim, uning aytishicha Sheyn bitta yoki ikkita qovurg'asini sindirib olgan. Odatda bunday jarohatdan so'ng futbolchi 5 haftagacha maydonga tusha olmaydi", - deydi "Sautgempton" ustozi Ronald Kuman Sky Sports nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru