Saul uchun uchta klub da'vogarlik qilmoqda

Alisher
29 may 2021, 13:14
"Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Yuventus" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Agar Madrid klubi o'yinchining ketishiga rozi bo'lsa, uch klubning barchasi xavbek uchun kurashga tayyorlar.

Ispaniyalik futbolchining o'zi oldinroq "Atletiko"dan ketishni rejalashtirmayotganini aytgandi.

26 yoshli o'yinchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal