Saudiyalik muxlislar Ronalduni deportaciya qilishni talab qilishmoqda

Sherzod Nurmatov
20 apr 2023, 14:41
Saudiyalik muxlislar "Al Hilol" – "Al Nassr" (2:0) o'yinidan keyin qilgan ishorasi uchun Krishtianu Ronalduni deportaciya qilishni so'rashmoqda.

Portugaliyalik futbolchi "Messi! Messi!", degan hayqiriqlar ostida tribunaosti yo'lagiga yo'l oldi va shu paytda muxlislarga qarata nomaqbul harakatlarni amalga oshirdi.

Muxlislar portugaliyalik futbolchi bunday xatti-harakati orqali axloqiy meyorlarni buzganini ta'kidlab, ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat hukumatidan futbolchini zudlik bilan deport qilish to'g'risida qaror qabul qilishni talab qilishyapti. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca