

Krishtianu Ronaldu to'p tepadigan "Al Nassr" jamoasi o'z maydonida "Al Tavun"ni qabul qildi. Keskin kurashlarga boy o'tgan bahsda riyodliklar 1:0 hisobidagi qiyin g'alabani qo'lga kiritishdi.
Yana bir markaziy o'yinda Karim Benzema sardorligidagi "Al Ittihod" safarda "Al Oxdud" mehmoni bo'ldi. Uchrashuv jittaliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu muvaffaqiyatlardan so'ng har ikki grand jamoa turnir jadvalining yuqori qismidagi o'rnini mustahkamlab oldi.



