Saudiya klublari Robert Levandovskiga dahshat summa taklif qilishgan

Khoja
14 avg 2025, 09:27
O'tgan yili Saudiya jamoasi "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskiga yiliga 100 million evro maosh taklif qilgan.

 Bu haqda uning agenti Pipi Zaxavi ma'lum qildi.

"Bir yil oldin bizga Saudiya Arabistonidan taklif tushdi. Ular Robert Levandovskiga yiliga 100 million evro to'lashga tayyor ekanligini ma'lum qilishdi. Biroq u Yevropada qolishni va ECHL uchun kurashishni afzal ko'rdi", - deb fikr bildirgan agent.

Hujumchi o'tgan mavsum "Barselona" safida jami 52 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 42 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: soccer.ru