

Manbaga ko'ra, alkogolli ichimliklar istemol qilishga faqat turnirning xorijlik mehmonlari uchun ajratilgan qatiy cheklangan joylarda ruxsat etiladi. Umuman olganda, 600 ga yaqin shunday maxsus hududni yaratish rejalashtirilgan.
Jamoat joylarida, xususiy mulklarda spirtli ichimliklarni istemol qilish, shuningdek, ularni do'konlarda sotishga nisbatan global taqiq o'z kuchida qoladi.
Avvalroq Saudiya Arabistonining Buyuk Britaniyadagi elchisi Holid bin Bandar Al Saud qirollik sayyohlarni mamnun qilish uchun o'zining madaniy va diniy asoslarini qurbon qilmoqchi emasligini takidlagan edi. Mamlakatda 1952 yildan beri spirtli ichimliklar rasmiy taqiqi amal qilib keladi.



