Saudiya Arabistonida mavsum yakuniga etdi. Asosiy ma'lumot va faktlar

Aslanov Jasurbek
28 may 2024, 01:27
Saudiya Arabistoni chempionatining 2023/24 mavsumi yakuniga etadi.

Chempionatning so'nggi (34) turida "Al Nassr" "Al Ittihod"ni 4:2 hisobida taslim qildi. Ushbu gollarning 2 tasini Ronaldu o'z hisobiga yozib qo'ydi.


"Al Vahda" mehmoni bo'lgan "Al Hilol" uchrashuv oxirida Mitrovich tomonidan urilgan gol tufayli g'alabaga erishdi.


Qolgan bahslar natijalari


Shunday qilib "Al Hilol" oltin, "Al Nassr" kumush va "Al Ahli" bronza medallarini qo'lga kiritdi. Ushbu medal sohiblari kelasi mavsum OFK Elit Chempionlar ligasida ishtirok etadi. To'rtinchi o'rin egasi bo'lgan "Al Tavoon" ikkinchi darajali Chempionlar ligasida qatnashadi. Tarkibida Karim Benzema, NGolo Kante, Jota kabi yulduzlarni jamlagan "Al Ittihod" beshinchi o'rinda qoldi va ular kelasi mavsum xalqaro turnirlarda qatnashishmaydi.


Joriy mavsum to'purari liganing asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu bo'ldi. U 35ta gol bilan liga tarixiga kirdi. Hozirgacha hech bir futbolchi bir mavsumda 35ta gol urishga muvaffaq bo'lmagan. Assistlar bo'yicha eng yaxshi natijani Riyad Maxrez qayd etdi. U 32ta bahsda 13ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia