Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
6 dek 2014, 12:16
Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Ramos Lopes Karo o'z shtabi tomonidan ishdan bo'shatildi.

Ispaniyalik mutaxassis 2013 yilning dekabridan jamoa bilan ishlashni boshlagan edi, ammo u arablar bilan yaqinda bo'lib o'tgan Fors Ko'rfazi Kubogida g'alaba qozona olmay o'z muxlislarini ranjitdi. Saudiya Arabistoni mamlakati mezbonlik qilgan bu turnirda Lopes Karo shogirdlari finalda Qatarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mamlakat futbol federatsiyasi vakillari yangi bosh murabbiyning nomini bir hafta ichida ma'lum qiladi.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni terma jamoasi 2015 yilning yanvar oyida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida ishtirok etadi va ularga guruhda O'zbekiston, Xitoy va KXDR terma jamoalari qarshilik qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com