Abdulhamid – Yevropaning top-5 chempionatlaridan biriga to'laqonli ravishda yo'l olgan Saudiya Arabistoni tarixidagi ilk futbolchi!

Administrator
28 avg 2024, 00:54
"Roma" Saud Abdulhamidni sotib oldi.

Italiyaning "Roma" klubi Saudiya Arabistonidan bo'lgan Saud Abdulhamidni xarid qildi. "Al Hilol" futbolchisi uchun "Roma" 2,5 mln evro to'lagan. 

Saud Abdulhamid top-5 chempionatlardan biriga to'laqonli yo'l olgan Saudiya Arabistoni tarixidagi ilk futbolchiga aylandi. Bunga qadar Saudiya Arabistonidan bo'lgan to'qqiz nafar futbolchi maxsus kelishuv asosida La Ligada ijarada o'ynagandi. Saud Abdulhamid esa top-5 chempionatiga transfer qilingan ilk saudiyalik o'yinchi bo'lib tarixda qoldi.

Saud Abdulhamid o'tgan mavsum 32 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol va to'rtta assist qayd etdi.


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://www.asroma.com