Saudiya Arabistoni qirollik oilasi Yevropa klubini sotib olmoqchi

Khoja
26 yanv 2024
Saudiya Arabistoni qirollik oilasi a'zosi, shahzoda Abdulla Saad Abdulaziz Al Saud Liga 1 jamoasini sotib olmoqchi.

“Menimcha, bunday investiciya foydali bo'ladi. “Marsel" va “Monako”ning o'yinlari menga yoqmoqda. Ular chempionlik uchun kurashishi mumkin. Ulardan birini sotib olish imkoniyati bor va buni amalga oshirishimiz mumkin”, - dedi Abdulla Saad Abdulaziz Al Saud.

Ma'lumot uchun, avvalroq “Monako”ning 66 foiz akciyalariga egalik qiluvchi Dmitriy Ribolovlev jamoani sotish niyatida ekanligini ma'lum qilgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com