Saudiya Arabistoni murabbiyi yoki futbolchilari jarimaga tortilishi mumkin

Оқил Абдубарноев
1 fev 2024, 23:27
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi terma jamoa tarkibi bo'yicha tekshiruv o'tkazadi.

Arablar Qatarda o'tkazilayotgan Osiyo kubogining 1/8 finalida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo'yib, musobaqani tark etdi. 

Turnir avvalida termaning italiyalik bosh murabbiyi Roberto Manchini Sulton Al G'anim, Salmon Al Faraj, Navaf Al Aqidi kabi bir qator yetakchi o'yinchilarni safga qo'shilishni istamaganligini aytib, ularni yakuniy ro'yxatdan tushirib qoldirgandi.

Endilikda mazkur qaror yuzasidan tekshiruv o'tkaziladi. Agar sanab o'tilgan futbolchilar chindan ham terma jamoaga yordam berishni istamagan bo'lsa, ular diskvalifikaciya qilinadi hamda 300 ming Saudiya reali (80 ming AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortiladi.

Agarda Manchining so'zlari yolg'on ekanligi aniqlancha, murabbiy bir yilga chetlatiladi va unga yuqoridagi summaga teng jarima solinadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ал Иқтисодия