Saudiya Arabistoni chempionati uchta shaharda davom ettiriladi

Narzulla Saydullayev
15 may 2020, 15:23
Saudiya Arabistoni milliy chempionati markazlashgan holda davom ettiriladi.

"Saudiya Arabistonidagi barcha sport majmualariga egalik qiluvchi mamlakat sport vazirligi chempionatning qolgan o'yinlarini o'tkazish uchun Taif, Abxa va Al-Baxa shaharlaridagi stadionlarni tayyorlashni boshladi.

Bu uchta shahar geografik joylashuvi va iqlimi jihatidan tanlab olindi. Saudiya Arabistonida chempionat iyun oyida davom ettirilishi kutilmoqda", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z sahifasida.

Ma'lumot uchun, Saudiya Arabistoni milliy chempionatida hozirga qadar 22ta tur bo'lib o'tgan va yana 8ta tur qolgan. Ayni paytda 51 ochko to'plagan "Al Hilol" klubi peshqadam bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia