Saudiya Arabistoni chempionati. "Al Hilol" g'alaba qozondi va peshqadamga aylandi

Оқил Абдубарноев
22 yanv 2023, 22:18
Saudiya Arabistoni chempionatining 14-turidan o'rin olgan "Al Hilol" - "Abxa" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Chjan Xen Su va Al Dosarining penaltidan kiritgan to'piga mehmonlardan Adam Bguir javob qaytardi.

Shu tariqa, "Al Hilol" turnir jadvalida peshqadamga aylandi. Jamoa klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtiroki tufayli bitta o'yinini oldinroq o'tkazgan. Bugun Krishtianu Ronaldu va Jaloliddin Masharipov to'p tepayotgan "Al Nassr" g'alaba qozonsa, yetakchiga aylanishi mumkin.

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia