“Sassuolo” tarixda ilk bor Milanning ikki grandini safarda mag'lub etdi

Eldor Akmurzayev
21 fev 2022, 08:45
A Seriya 26-turda “Sassuolo” mehmonda “Inter”ga qarshi to'qnash keldi va 2:0 hisobida zafar quchdi.

Avvalroq, “Sassuolo” "neradzurrilar"ning hamshahari “Milan”ni ham safarda mag'lub (3:1) etishga erishgandi. Shunday qilib, “qora-yashillar” o'z tarixida ilk bor Milanning ikki grandini mehmonda mag'lubiyatga uchratdi.

Eslatib o'tamiz, Alessio Dionizi shogirdlari ayni vaqt chempionat jadvalida 33 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru